Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi
  • ota-ona vafot etganda;
  • ota-onalik huquqidan mahrum etilganda yoki ota-onalik huquqi cheklanganda;
  • ota-ona muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
  • ota-ona kasal bo‘lganda;
  • ota-ona uzoq muddat bo‘lmaganda;
  • ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlaganda (ota-ona tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortganda);
  • ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda.

  • Vasiylik va homiylik organlari ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlaydi, bunday bolalarni hisobga oladi va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan har bir holatga qarab, bolalarni joylashtirish shakllarini tanlaydi, shuningdek bundan buyon ularga ta’minot berish, ularni tarbiyalash va ularga ta’lim berish shart-sharoitlarini nazorat qilib boradi.
  • Muassasalarning (maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim muassasalari, davolash muassasalari va boshqa muassasalarning), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mansabdor shaxslari va boshqa fuqarolar bolalar ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganligidan xabardor bo‘lgach, etti kunlik muddat ichida bu haqda bolalar haqiqatda turgan joydagi vasiylik va homiylik organlariga xabar berishlari shart.
  • Vasiylik va homiylik organi bunday ma’lumotlarni olgan kundan e’tiboran uch kun ichida bolaning turmush sharoitini tekshirib chiqishi va bunda bolaning ota-ona yoki qarindoshlari qaramog‘idan mahrum bo‘lganligi aniqlansa, uni joylashtirish masalasi hal bo‘lguniga qadar bolaning huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashi shart.

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar
  • oila (farzandlikka olinishi, vasiylik, homiylik belgilanishi yoki tutingan oila)ga berilishi;
  • oilaga berish imkoniyati bo‘lmaganda esa etim bolalar yoxud ota-onalar qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun muassasalarga («Mehribonlik» uylari, bolalar shaharchalari, bolalar uylari hamda etim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun boshqa tarbiya muassasalari) berilishi lozim.


  • O‘zlariga biriktirilgan turarjoyga ega bo‘lmagan va turarjoyga muhtojlar sifatida hisobda turgan etim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, shu jumladan bunday toifadagi 18 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan shaxslar, turar joy olish huquqiga ega.
  • Ularga turar joylar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari asosida navbatdan tashqari beriladi.
  • Turar joylar uy-joy maydonining ijtimoiy normasi doirasida ijara shartnomasi asosida beriladi.
  • Turar joy berish to‘g‘risidagi qaror asosida tuman (shahar) hokimligi etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga belgilangan namunadagi order beradi, u berilgan turar joyga ko‘chib kirish uchun asos hisoblanadi.
  • Turar joyga muhtoj etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni hisobga qo‘yish uchun ularning qonuniy vakillari bolalarning ularda bo‘lish muddati tugashidan olti oy oldin bolalarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga ariza beradilar va ularning turar joy olish huquqini tasdiqlovchi tegishli ma’lumotlarni taqdim etadilar.

Turar joy olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar