- Ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki bo‘lishi mumkin va birga yashab turganda ular bir-birlarining roziligi bilan bunday mulkka egalik qilishlari va undan foydalanishlari mumkin.
- Ota-ona va 14 yoshga to‘lgan voyaga etmagan bolalar o‘rtasida umumiy mulk huquqi vujudga kelishi mumkin.
- Ota-ona va voyaga etmagan bolalar umumiy mol-mulkni vujudga keltirish to‘g‘risida kelishuv tuzishlari mumkin.
Ota-ona va voyaga etmagan bolalarning umumiy mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi fuqarolik qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
- Ota-ona hayotligida bolalar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo‘lish huquqiga ega emas.
- Ota-ona ham voyaga etmagan bolalarning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo‘lish huquqiga ega emas.
- Voyaga etmagan bolalar o‘z ota-onasidan va boshqa shaxslardan ta’minot olish huquqiga ega. Voyaga etmagan bolalar ta’minoti uchun olingan mablag‘, pensiya, nafaqa uning otasi yoki onasi tasarrufida bo‘lib, bolaning ta’minoti, tarbiyasi va ta’lim olishi uchun sarflanishi kerak.