O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.

  • Ota va ona o‘z bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga egadirlar.
  • Farzand to‘la muomalaga layoqatli bo‘lsa, uning majburiyatlari bo‘yicha, xususan, u etkazgan zarar oqibatida kelib chiqqan majburiyatlar bo‘yicha ona-onalar javobgar bo‘lmaydilar.

Shaxs quyidagi hollarda to‘la muomalaga layoqatli deb topiladi:

  • voyaga etganda (18 yoshga to‘lganda);
  • voyaga etmagan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb topish (emansipatsiya)
    • 16 yoshga to‘lgan voyaga etmagan shaxs mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan bo‘lsa yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, u to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin.
    • voyaga etmagan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish ota-onaning, farzandlikka oluvchilarning yoki homiyning roziligi bilan vasiylik va homiylik organining qaroriga muvofiq yoxud, bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda, sudning qarori bilan amalga oshiriladi.
  • voyaga etmagan shaxs qonuniy nikoh munosabatlariga kirishganda.

Ota-ona, farzandlikka oluvchilar va homiy emansipatsiya qilingan voyaga etmaganning majburiyatlari bo‘yicha, xususan, u etkazgan zarar oqibatida kelib chiqqan majburiyatlar bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar.


  • Ota-ona o‘z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart.
  • Ota-ona o‘z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o‘z bolalarining sog‘lig‘i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishlari shart.
  • Ota-ona o‘z bolalarini tarbiyalashda boshqa barcha shaxslarga nisbatan ustun huquqqa ega.
  • Ota-ona bolalarining qonun hujjatlarida belgilangan zarur darajada ta’lim olishini ta’minlashi shart.

Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga etmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik jarimaga sabab bo‘ladi.


  • Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ularning ota-onasi zimmasiga yuklatiladi.
  • Ota-ona o‘z bolalarining qonuniy vakillari hisoblanadilar hamda har qanday jismoniy va yuridik shaxslar bilan bo‘lgan munosabatlarda, sudda alohida vakolatsiz ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladilar.
  • Vasiylik va homiylik organi tomonidan ota-ona va bolalar manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik borligi aniqlanganda, ota-ona o‘z bolalarining manfaatlarini himoya qilishga haqli emas.

Ota-ona va bolalar o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo‘lganda vasiylik va homiylik organi bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun vakil tayinlashi shart.


  • Ota-ona bolani qonunga asoslanmasdan ushlab turgan har qanday shaxsdan uning qaytarilishini talab qilishga haqli. Nizo chiqqan taqdirda, ota-ona o‘z huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishga haqli. Bu talablarni ko‘rishda sud bolani ota-onasiga qaytarish uning manfaatlariga zid degan xulosaga kelsa, bolaning fikrini hisobga olgan holda ota-onaning da’vosini rad qilishga haqli.

Agar sud ota-ona ham, bolani o‘z qaramog‘iga olgan shaxs ham bolaga lozim darajada tarbiya berishni hamda uni kamolotga etkazishni ta’minlay olmaydilar, deb topsa, bolani vasiylik va homiylik organi qaramog‘iga olib beradi.