Mazkur xizmat jismoniy shaxslarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish, ularga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini (STIR) berish tartibini belgilaydi.
Vakolatli organ:
- murojaat etish uchun - Davlat xizmatlari markazlari (manzillari quyidagi havolada joylashgan);
- Davlat soliq qo‘mitasi.
Taqdim etiladigan hujjatlar:
- Belgilangan shaklda so‘rovnoma.
- pasport nusxasi.
Xizmat uchun to‘lov: yig‘im undirilmaydi.
Muddat: bir ish soati.
Natija: STIR.
Ushbu xizmatni elektron shaklda olish uchun, quyidagi havoladan o‘ting.