Vakolatli organ:

  • O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (markaziy boshqaruv organi uchun), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari.

Taqdim etiladigan hujjatlar:
  • Ariza;
  • Ta’sis yig‘ilishi bayoni;
  • Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organi ustavi;
  • Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi bank to‘lov hujjati;
  • Diniy tashkilot ta’sischilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • Diniy tashkilotning rahbar organi a’zolari haqida ma’lumot;
  • Diniy tashkilot rahbarlarining diniy ma’lumoti haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan hujjatlari nusxalari;
  • Diniy tashkilotning yuridik (pochta) manzili to‘g‘risida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining tegishli bo‘linmalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rozilik xati ilova qilingan holda) kafolat xati;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning rozilik xati.

Xizmat uchun to‘lov:
  • diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari va diniy ta’lim muassasalari uchun — BHMning 20 baravari;
  • boshqa diniy tashkilotlar uchun — BHMning 10 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

Muddat: ariza bergandan so‘ng 1 oy mobaynida yokida tegishli organlardan hulosalar olish talab qilinsa ariza berilgandan kundan 3 oy mobaynida.