Chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramog‘idagi oila a’zolarini akkreditatsiyadan o‘tkazishga vakolatli organ Adliya vazirligi hisoblanadi.

Akkreditatsiya O‘zbekistonda yashash va ishlash uchun asos bo‘ladi.

Taqdim etiladigan hujjatlar:
  • ariza;
  • chet el fuqarosining shaxsiy varaqasi;
  • chet el fuqarosining (3 sm x 4 sm o‘lchamdagi) to‘rtta rangli fotosurati;
  • xorijiy xodimni NNTga ishga qabul qilish to‘g‘risidagi vakolatli shaxs imzolagan tasdiqnoma-xat.
  • Xalqaro va xorijiy NNTlarning vakolatxonalari va filiallariga taalluqli tasdiqnoma-xat belgilangan tartibda legallashtiriladi yoki unga apostilь qo‘yiladi;
  • tibbiyot muassasasining OIV-infektsiyasi yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi (Odamning immunitet tanqisligi virusiga mavjud emasligi haqida sertifikat berish davlat xizmatiga o‘tish);
  • chet el fuqarosi pasportining nusxasi;
  • yig‘im to‘langanligi to‘g‘risida kvitantsiya.

Ko‘rsatiladigan xizmat uchun BHMning 5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Muddat: ariza berilgan kundan 1 oy muddat ichida.