Nikohda bo‘lmagan ota-onadan tug‘ilgan bolaga otalikni belgilash ota va onasi (agar otasi voyaga etmagan hisoblansa, u holda qonuniy vakili) tomonidan birgalikda berilgan arizasi yoki sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida FHDYo organida amalga oshiriladi.
Otalikni belgilash ariza berilgan kuni ota-onasining ishtirokida amalga oshiriladi.
Otalikni ishonchnoma bo‘yicha belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Arizachi Davlat xizmatlari markazlariga kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali so‘rovnoma to‘ldirishi mumkin.