Bolaning tug‘ilishini qayd etish majburiy bo‘lib, bola tug‘ilgan joydagi yoki ota-onasidan birining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.
Tug‘ilganlik haqidagi ariza bola tug‘ilgan kundan boshlab 1 oy muddat mobaynida og‘zaki yoki yozma shaklda berilishi zarur.
Xizmatni Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish mumkin.