Yo‘lovchi chiptasida ko‘rsatilgan yo‘nalishdan boshqa noto‘g‘ri yo‘nalish poyezdiga adashib chiqqan yo‘lovchi, poyezdni eng yaqin stansiyada tark etishi kerak.

Bu holatda, yo‘lovchi tashish poyezdi brigadiri asosiy o‘tqazish stansiyasiga yo‘lovchini bepul qaytish huquqini beruvchi dalolatnoma tuzadi, yo‘lovchidan jarima undirilmaydi.

Chiptada ko‘rsatilgan muddatdan oldin yo‘lovchi tashish poyezdiga o‘tirgan yo‘lovchi tashish poyezdidan chiqarilishi shart emas. Yo‘lovchi poyezd yetarli to‘xtash vaqtiga ega bo‘lgan yo‘ldagi birinchi stansiyada o‘z chiptasini qaytarishga topshirishi va ushbu poyezdga chipta rasmiylashtirishi kerak.

Foydalanilmagan chipta qaytarilishi umumiy asosda amalga oshiriladi

Yuqori baholanuvchi toifa vagoniga unda ketish huquqini bermaydigan chiptalar bilan kirib qolgan yo‘lovchidan jarima undirilmaydi. Yo‘lovchi bu holda uning chiptasiga mos keluvchi vagonga o‘tishi shart yoki bo‘sh joylar mavjudligida ushbu vagonda belgilangan tartibda tegishli qo‘shimcha to‘lab qolishi mumkin.