Quyidagi hollarda qo‘l yuki buyumlarini tashishga yo‘l qo‘yilmaydi
- ko‘zdan kechirishdan o‘tmagan;
- vagonga zarar etkazuvchi buyumlar;
- vagonni iflos qiluvchi buyumlar;
- boshqa yo‘lovchilarning buyumlari;
Faqat yotoq o‘rinli yo‘lovchi tashish poezdi vagonlarida, shuningdek shaharlararo qatnovchi poezdlarning barcha vagonlarida bir chiptaga bittadan oshmagan miqdorda maishiy va tashkiliy texnikalar tashilishiga (yo‘lovchida qo‘l yukining mavjudligidan qat’i nazar) ruxsat etiladi. Bunda ularning har bir donasi uchun, uning vaznidan qat’i nazar, (kichik gabaritli portativlaridan tashqari) bagaj tarifi bo‘yicha 30 kg yuk uchun tarif undiriladi.
Yo‘lovchi tashish poezdlarida yirik gabaritli maishiy va tashkiliy texnikalarni, shuningdek o‘z o‘lchamlariga ko‘ra ko‘zdan kechirishdan o‘tish imkoni bo‘lmaydigan boshqa apparaturalarni tashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qo‘l yuki va bagaj sifatida tashish taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlar.
- tegishli ruxsat berilgan hujjat bo‘lmagan barcha turdagi o‘q otar va tig‘li qurollar:
- tegishli ruxsat berilgan hujjat bo‘lmagan barcha turdagi portlovchi moddalar va ular bilan to‘ldirilgan buyumlar, portlatish vositalari;
- siqilgan va suyultirilgan gazlar;
- tez yonuvchan qattiq moddalar;
- tegishli ruxsatnoma berilgan hujjat bo‘lmagan barcha turdagi zaharli va zaharlovchi moddalar;
- germetik idishlarsiz va o‘ramlarsiz tashiladigan o‘yuvchi, badbo‘y va emiruvchi moddalar
- bojxona qoidalariga va boshqa qoidalarga ko‘ra tashishga yo‘l qo‘yilmaydigan buyumlar.