masalan: uzunligi 60, eni 40 va balandligi 80
">Uchta o‘lchovi yig‘indisi 180 sm dan oshgan hamda har bir yo‘lovchiga bepul qo‘l yukini maksimal vazni 36 kg dan (ikki yotoqli vagonlar uchun — 50 kg) oshgan buyumlarni tashish taqiqlanadi.
- Bunday qo‘l yukining har bir joy vazni 18 kg dan va balandligi 1,5 m dan oshmasligi kerak.
- Shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi tashish poezdlarida yo‘lovchilar tomonidan bepul me’yordan ortiq (lekin 50 kg dan oshmagan) qo‘l yukining tashilishi bagaj tarifiga binoan to‘lanishi kerak
Qo‘l yuki, uni saqlash uchun maxsus ajratilgan joylarda turishi kerak.
- Yo‘lovchi tashish poezdlarini nazorat qiluvchi shaxslar yo‘lovchi tomonidan belgilangan me’yordan ortiq qo‘l yuki tashilayotganini aniqlaganda, unga jarima va bagaj tarifi bo‘yicha butun harakat yo‘nalishi bo‘yicha (boshlanish stantsiyasidan) chiptaning to‘liq qiymatini to‘lashni taklif etishi kerak.
- Yo‘lovchilar tomonidan tashilayotgan qo‘l yukini tortish uchun stantsiyalar (vokzallar)da tarozilar o‘rnatiladi. Yo‘lovchilar tomonidan bunday tarozilardan bepul foydalaniladi.
Shisha yoki oynalar qadoqlarda tashiladi. Har bir yukxonada "Extiyot bo‘ling, shisha" degan yozuv bo‘lishi kerak.