Yo‘l transport hodisasi (YTH) mol-mulkka zarar etkazishdan tashqari sog‘liqqa zarar etkazilgan (o‘lim bilan tugasa) taqdirda, YTH joyini tark etmang.
- YTH joyiga kelgan tibbiy tez yordam xodimi jabrlanuvchilarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishi, zarur holda ularni kasalxonaga yotqizishi shart.
- YTH ishtirokchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari lozim.
- YTH ishtirokchilari sog‘lig‘i haqida akt tuziladi va tegishli ma’lumotnoma tayyorlanadi.
- YTH joyiga kelgan DYHXX ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma va YTH sxemasini tuzishi, voqea ishtirokchilaridan, shuningdek guvohlardan (zarur bo‘lganda) tushuntirish olishi kerak.
- Sug‘urta polisi mavjud bo‘lsa – sug‘urta kompaniyasi belgilangan tartibda tovon puli to‘laydi.
- Sug‘urta polisi bo‘lmagan taqdirda – avtotaransport egasi tovon pulini sud tomonidan belgilangan miqdorda to‘lab beradi.
- Manfaatdor tomon DYHXX harakatidan yoki qarorlaridan norozi bo‘lgan taqdirda, yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
- Qonunda sog‘liqqa shikast etkazilganlik (o‘lim) uchun javobgarlik belgilangan.