Vakolatli tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
Quyidagilar arizada ko‘rsatiladi:
- pasport nusxasi (yuridik shaxslar STIR);
- hayvonot dunyosi ob’ektlarini (keyinchalik tabiatga qo‘yib yuborish uchun urchitish, ilmiy tadqiqotlar, tijorat maqsadlari va boshqalar) yoki kollektsiyalarni saqlashning maqsadi;
- turlari (kichik turlari, agar duragay bo‘lsa — ota-onalarining turlari ko‘rsatiladi) bo‘yicha soni ko‘rsatilgan tirik holdagi hayvonlarning, hayvonot dunyosi ob’ektlari kollektsiyalarining ro‘yxati;
- kollektsiya preparatlarini konservatsiyalash turi (nam preparatlar, tanalar, tulumlar va boshqalar);
- hayvonot dunyosi ob’ektlari va kollektsiyalarining kelib chiqishi (sotib olinishi);
- pitomnikda hayvonlarning qaysi avlodi mavjudligi;
- hayvonlarni saqlash sharoitlari (qafasda, temir panjarali joyda, erkin va hokazo);
- hayvonlar belgisining mavjudligi (tavsiflash, tartib raqamini ko‘rsatish);
- veterinariya xizmatining mavjudligi.
Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im:
Muddat: 15 ish kunidan oshmagan muddatda.