Vakolatli tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
Taqdim etiladigan hujjatlar:
- anketa-ariza;
- pasport nusxasi (yuridik shaxslar STIR);
- turlari bo‘yicha chetga olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan hayvonlarning soni;
- chetga olib chiqish (mamlakati) yoki olib kirish joyi;
- chetga olib chiqish uchun asos — hayvonning qonuniy sotib olinganligini yoki tutilganligini tasdiqlovchi hujjat (qonuniy tutishga ruxsatnomaning tartib raqami);
- zoologiya kollektsiyasining hisobga olinganligi to‘g‘risidagi hujjat.
Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — jismoniy shaxslardan BHMning 0,1 koeffitsienti miqdorida;
- tabiatdan foydalanuvchilardan — yuridik shaxslardan BHMning 0,2 koeffitsienti miqdorida;
- xorijiy fuqarolardan — CITES ruxsatnomalari uchun 50 AQSh dollari va boshqa ruxsatnoma uchun — 10 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.
Muddat: 15 kundan oshmagan muddatda.
Ruxsatnoma berish quyidagi hollarda rad etiladi:
- ruxsatnoma berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning tabiatdan foydalanuvchi tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
- tabiatdan foydalanuvchining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
- tabiatdan foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
- o‘simlik dunyosi ob’ektlarini g‘amlash, ularni ushlab turish (saqlash), transportda tashishni o‘rganishlar, tadqiqlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning yakunlari bo‘yicha asoslantirilgan salbiy xulosa olinganligi.