Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni sotish bilan shug‘ullanuvchi sub’ekt faoliyati va sotish joyining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Vakolatli tashkilot:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya boshqarmalari
Taqdim etiladigan hujjatlar:
- Ariza;
- hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni sotish faoliyatini amalga oshirish uchun inshootlarning qurilish, texnik va ishlab chiqarish tavsifi to‘g‘risidagi hujjatlar nusxalari.
To‘lov: bepul.
Muddat: 7 kundan oshmagan muddatda.
Davlat xizmati ko‘rsatish natijasi: Veterinariya-sanitariya ekspertizasi xulosasi.