Ruxsatnoma — ish beruvchiga O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish huquqini beradigan hujjat.
- Ish beruvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini ruxsatnoma olmay jalb qilish taqiqlanadi.
- Ruxsatnoma ish beruvchiga unda ko‘rsatilgan son va mutaxassisliklar (lavozimlar) uchun 1 yil muddatga beriladi.
Ish beruvchi Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qilishi yoki elektron shaklda O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yoxud onlayn-maydonchada ruxsatnoma olishi mumkin.
Ariza namunasi bilan havolada tanishing.
- Arizani ko‘rib chiqqanlik uchun BHMning 1 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
► Ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi.