Servitut — begona er uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi

Xizmat narxi: Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YaIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2 sentyabrdagi 535-sonli “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 1 ish kuni mobaynida

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Ariza beruvchi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun so‘rovnomaga servitut yoki sudning qarori ilova qilinadi.

Xizmatdan foydalanuvchilar: Ko‘chmas mulk egalari bo‘lgan jismoniy shaxslar

Bog‘lanish: Tel: +998 (71) 244-30-82

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi.

Bu qanday ishlaydi?

Ariza beruvchi:

  • Servitutni davlat ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi va belgilangan miqdordagi to‘lovni amalga oshiradi. O‘z xohishiga ko‘ra.
  • Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP: So‘rovnomani Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (Markaz)ga yuboradi. So‘rovnoma to‘ldirilishi bilan

Markaz:

  • Servitutni ro‘yxatdan o‘tkazadi, tegishli reestrdan ko‘chirmani rasmiylashtiradi va uni vakolatli organga yuboradi.
  • Servitutni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etadi. 1 ish kun mobaynida.

Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP:

  • QR-kod (shtrixli kod) qo‘yilgan Reestrdan ko‘chirmani ariza beruvchining elektron manziliga jo‘natadi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. O‘zi kelib murojaat qilganda Reestrdan ko‘chirmani ariza beruvchiga beradi. Real vaqt rejimida.


Xizmatdan foydalanish*

*Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.