Xizmat tavsifi:
► ART tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlaridan, davlat hokimiyat organlarining tegishli qarorlaridan, shu jumladan, tarixiy va madaniy obidalarni, atrof muhitni muhofaza qilish talab va shartlarini hamda ob’ektni aniq er uchastkasida joylashtirishda uchinchi shaxslarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishdan kelib chiquvchi o‘ziga xos shaharsozlik va arxitekturaviy shartlar hamda ob’ektni loyihalashtirish va qurishning alohida sharoitlari majmuasidan iborat hujjat hisoblanib, uning asosida ob’ekt qurilishi (rekonstruktsiyasi) uchun loyiha hujjatlari ishlab chiqiladi.
- ART (I qism) — bino yoki inshootning tashqi ko‘rinishiga, qurilishning taxminiy maydonlariga, avtoturargohlar, hududga kirish va chiqish yo‘llariga, kichik me’moriy shakllarning tuzilishi, er uchastkasining ko‘kalamzorlashtirilishi va obodonlashtirilishiga bo‘lgan umumiy talablarni belgilaydi.
- ART (II qism) — trassa va muhandislik kommunikatsiyalari o‘tkazilishiga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilaydi.
Xizmat narxi va to‘lash tartibi: Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-son «Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida» qarori.
Xizmatdan foydalanuvchining toifasi: Yuridik va jismoniy shaxslar.
Tashkilot: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari.
* Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.