Xizmat tavsifi: Ob’ektni qayta ixtisoslashtirish deganda ob’ektning maqsadli yo‘nalishining rekonstruktsiya bilan va rekonstruktsiyasiz o‘zgarishi, ya’ni xonalar (binolar)ni uning loyiha-smeta va kadastr hujjatlarida nazarda tutilmagan faoliyat uchun moslashtirish tushuniladi.

Ob’ektni rekonstruktsiya qilish deganda quyidagilar tushuniladi:

  • binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi yuk ko‘taruvchi qismlarining o‘zgarishiga olib keladigan hajmi va maydonini o‘zgartirish;
  • binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi yuk ko‘taruvchi qismlarini o‘zgartirmasdan hajmi va maydonini o‘zgartirish;
  • bino va inshootlarning dastlabki hajmini saqlab qolgan holda ularning asosiy qismlariga o‘zgartirish kiritish;
  • o‘z er uchastkasida bir-biriga tutashib ketuvchi va alohida qo‘shimcha bino va inshootlar qurish.

Xizmat narxi va to‘lash tartibi: Davlat xizmati ko‘rsatilganligi bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Natijani olish usullari: Elektron ko‘rinishda.

Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 18.05.2018-yildagi VMQ-370-son "Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori.

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 5 ish kuni ichida.

Xizmat natijasi: Elektron manzilga ruxsatnoma jo‘natish.


Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar
Bino va inshoot xaqida ma’lumot:

  1. Bino, inshoot nomi;
  2. Joylashgan manzili(indeks, adres, mo‘ljal);
  3. Kiritilayotgan o‘zgarish yoki qilinayotgan ish xaqida qisqa ma’lumot.

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi: Jismoniy va yuridik shaxslar.

Rad etish sabablari: Ariza beruvchilarda ERI mavjud emasligi yoki uni olishning rad etilganligi, so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Bog‘lanish: Tel.: (71) 239-35-82; (71) 241-95-42

Tashkilot: Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi va tumanlar (shaharlar) qurilish bo‘limlari.


Xizmatdan foydalanish*

* Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.