Shartnoma tuzilib to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng, sug‘urta qilingan shaxsga sug‘urta tariflari bo‘yicha sug‘urta polisi va maxsus davlat belgisi shakli beriladi.
- Maxsus davlat belgisi egasining fuqarolik javobgarligi sug‘urtalangan transport vositasining old tomonidagi oynasining yuqoridagi o‘ng burchagiga joylashtiriladi.
- Ushbu sug‘urta hisobidan to‘lab beriladigan sug‘urta pulining eng ko‘p miqdori - 40 mln. so‘m.
Bir nechta jabrlanuvchining hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar etkazilganda har bir jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga) tegadigan sug‘urta tovoni miqdori har bir jabrlanuvchining hayoti yoki sog‘lig‘iga etkazilgan zararning darajasiga mutanosib ravishda aniqlanadi.