Tovar sifatida tranzit olib o‘tilayotgan avtotransport vositalari – xorijiy davlatlarning ro‘yxatga olish idoralarida ro‘yxatdan chiqarilgan yoki ro‘yxatida bo‘lmagan boshqa xorijiy davlatga O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit olib o‘tilayotgan avtotransport vositalari.
Xorijiy avtotransport vositalari – xorijiy davlatlarning ro‘yxatga olish idoralarida ro‘yxatda turgan va O‘zbekiston hududiga quyidagi maqsadlarda vaqtincha olib kiriladigan avtotransport vositalari:
- chet el fuqarolari va O‘zbekiston hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;
- yuklar va yo‘lovchilarni xalqaro tashish.