Temir yo‘l chiptalarini maxsus kassalarda va vokzallarda sotib olish mumkin. Chiptalarni rasmiylashtirish yo‘lovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida amalga oshiriladi.
- Chiptalarni elektron shaklda ham sotib olish mumkin. Buning uchun havolaga o‘ting.
- Chiptalarni elektron shaklda sotib olishda tegishli blank to‘ldiriladi va to‘lov onlayn amalga oshiriladi.
Chiptalarni sotilishi boshlanishi:
- vokzal kassalarida - poezdlarni ketishidan 45 kun oldin;
- poezd kassalarida va boshqasiga o‘tib bo‘lmaydigan vagonlarda - poezd ketishidan 24 soat oldin;
- oraliq poezd stantsiyalarida - poezdda bo‘sh o‘rin borligi ma’lum bo‘lgan paytdan, lekin poezd kelishidan 1 soat oldin kechikmasdan.
Chiptalarni qo‘lda sotilishiga yo‘l qo‘yilmaydi!
- Chiptalar poezdning belgilangan manzilgacha bo‘lgan muddatiga amal qiladi .
- Shaharlararo qatnov chiptalari ularni chipta kassalari tomonidan berilgan kun mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
Yo‘lovchini vagonga o‘tqazganda vagon kuzatuvchisi chiptani, unda ko‘zdan kechirishdan o‘tganligi to‘g‘risida belgining mavjudligini, shuningdek yo‘lovchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatni tekshirishi shart.
Chipta butun safar davomida saqlanishi va tekshiruvchilarga taqdim qilinishi kerak
Kassalarda chipta sotib olishda ustunlikka ega fuqarolar
- 10 yoshgacha (bu yoshga to‘lgan) bolali yo‘lovchilarga;
- yo‘llanmalar chipta kassasiga taqdim qilingan holda yo‘llanmalar bo‘yicha sanatoriya-kurort davolanishiga borayotgan 10 yoshdan katta kasal bolalarni kuzatib borayotgan yo‘lovchilarga;
- tasdiqlangan telegraf chaqiruvi bilan ketayotgan shaxslarga;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimlariga;
- O‘zbekiston Respublikasi IIV, DXX, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi, prokuratura, O‘zbekiston Respublikasi FVV, Adliya vazirligi xizmatchilariga, xizmat ko‘rsatish hududlari doirasida yoki xizmat safari guvohnomalarida ko‘rsatilgan stantsiyalargacha xizmat ishlari yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan yo‘lga chiqishlarda tibbiyot xodimlariga, veterinariya va sanitariya nazorati xodimlariga;
- avariya yoki yong‘inni bartaraf etish uchun safarbar qilingan «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspektsiyasi, «O‘zdavneftgazinspektsiya», gaz nazorati, gaz, kimyo, neftь, neftni qayta ishlash va neftь-kimyo sanoati, geologiya xizmatchilariga taqdim qilinadi.
Kassalarida navbatsiz chipta olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
- Sovet Ittifoqi Qahramonlari va uchinchi darajadagi Shon-shuhrat, «O‘zbekiston Qahramoni», «Sog‘lom avlod uchun» ordenlari va «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan shaxslar;
- urush nogironlari va qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar;
- Chernobilь AESda avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlarida qatnashgan shaxslar;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatorlari va deputatlari;
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari;
- «Faxriy temiryo‘lchi» nishoni bilan taqdirlangan shaxslar.
Yo‘lovchi transportda chiptasiz yursa, 10 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni chiptasiz olib yursa quyidagi miqdorda jarimaga tortiladi:
- shahar atrofiga qatnaydigan poezdlarda — 54 000,00 sum
- mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poezdlarda – 540 000,00 sum
Shahar atrofiga qatnaydigan poezdlarda, mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poezdlarda 5 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarni chiptasiz olib yursa – 54 000,00 sum jarima solinadi.