Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning biometrik harakatlanish hujjati – O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning xorijda shaxsini tasdiqlovchi, harakatlanish hujjati egasining shaxsiy biografik ma’lumotlari va biometrik paramyetrlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega bo‘lgan hujjat.
- Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari;
- O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik huquqiy departamenti;
- O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari.
Taqdim etiladigan hujjatlar:
- belgilangan shakldagi ariza;
- ilgari berilgan harakatlanish hujjati;
- fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilishi uchun berilgan guvohnomasi;
- tug‘ilganlik haqida guvohnoma (16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun);
- ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga (voyaga yetmaganlar uchun) xorijga chiqishi uchun notarial tasdiqlangan roziligi;
- fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga (voyaga yetmaganlar uchun) hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati;
- 35 x 45 mm o‘lchamdagi 2 ta fotosurat;
- davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya.
Xizmat uchun yig‘im undiriladi.
Muddat: 15 kungacha, qo‘shimcha o‘rganishlarni talab etuvchi hollarda esa 1 oygacha.