Pasportsiz shaxs fuqarolik huquqiy munosabatlarga kirishishda cheklovlarga uchraydi.
Pasport egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, millati va boshqa munosabatlar bilan almashtirilayotganida, fuqaro ushbu holatlarni tasdiqlovchi ujjatlarni taqdim etishi kerak.
Taqdim etiladigan hujjatlar:
- belgilangan shakldagi ariza;
- ilgari berilgan pasport;
- tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (birinchi marta pasport rasmiylashtirilayotganda);
- konsullik yig‘imi va boshqa yig‘imlar to‘langanligi haqida kvitantsiya.
Vakolatli organlar:
- Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari;
- O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik huquqiy departamenti;
- O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari.
Xizmat ko‘rsatish tartibi yuzasidan batafsil ma’lumot olish uchun havolaga o‘ting.