Manzil-ma’lumot axborotlari - doimiy propiskada turganligi, propiskadan chiqqanligi, turgan joyi bo‘yicha hisobga olinganligi, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tganligi, shuningdeq, ma’lumot mavjud emasligi haqida ma’lumot.
Vakolatli organ: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Manzil-ma’lumot byurolari (So‘rovnomani markazdan olganidan so‘ng, xizmatni ko‘rsatuvchi tashkilot).
Ma’lumotnomani olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish zarur.
Xizmatlarni elektron shaklda olish uchun havolaga o‘ting.
Xizmatdan foydalanish uchun elektron raqamli imzo zarur bo‘ladi.
Taqdim etiladigan hujjat: elektron shaklda to‘ldiriladigan so‘rovnoma.
Xizmat uchun to‘lov undiriladi.
Muddat: 1 ish kuni
Qo‘shimcha ma’lumot uchun Davlat xizmatlariga markazlari saytiga o‘ting.