Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish deganda vakolatli davlat organlarining O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ushbu hujjatlarning qonuniy kuchga ega ekanligiga roziligi tushuniladi.

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) deganda vakolatli davlat organlari tomonidan ushbu hujjatlar egalari tayyorgarligi darajasi muvofiqligini belgilash va ularga O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlariga ega bo‘lgan shaxslarga berilgani kabi akademik va (yoki) kasbiy huquqlar berilishi tushuniladi.

Vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi.

Taqdim etiladigan hujjatlar:
  • Talabgor ish joyidan (agar u ishlayotgan bo‘lsa) muassasa rahbari imzolagan yo‘llanma xat yoki talabgorning imzosi notarial tasdiqlangan arizasi (1 nusxa). Xatda (arizada) talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va joyi, ish joyi va lavozimi, shuningdek, qachon va qaysi davlatda ilmiy daraja diplomini olganligi, ilmiy darajaning rasmiy nomi, xorijda olingan hujjatning berilgan kuni, seriyasi va raqami, dissertatsiya mavzusi, qaysi ixtisoslik bo‘yicha himoya qilganligi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
  • Muassasa rahbarining tegishli ixtisoslashgan kengashga murojaatnomasi (aspirant va doktorantlar uchun esa – ularni chet elda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida o‘qishga yuborish uchun buyruq) nusxasi hamda agar ilmiy ish O‘zbekistonda tayyorlangan bo‘lsa – OAK ushbu dissertatsiyaning xorijiy davlatlarda himoya qilinishiga ruxsat berib, xorijiy davlatlar attestatsiya organlariga yuborgan yo‘llanma xatining nusxasi.
  • Ilmiy daraja diplomi (nusxasi olinib, asli qaytariladi).
  • Talabgorning ish joyidan tasdiqlangan yoki uning imzosi qo‘yilgan xodimlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqasi (talabgor pasportining nusxasi ilova qilinadi).
  • Dissertatsiya himoyasi o‘tgan muassasaning hamda ixtisoslik nomining ilmiy kotib (agar u ishlayotgan bo‘lsa) imzosi bilan tasdiqlangan yoki talabgor tomonidan imzolangan davlat tilidagi (lotin grafikasi harflari bilan) va ingliz tilidagi shakllari.
  • Mehnat daftarchasidan ko‘chirma.
  • Talabgor himoya qilgan dissertatsiya nusxasi va mavjud bo‘lgan taqdirda – 2 nusxa avtoreferat.
  • Attestatsiya ishidagi hujjatlar ro‘yxati.

Xizmat uchun to‘lov: BHMning 1 baravari.

Muddat: 1oy ichida.