Selektsiya yutuqlari
Selektsiya yutuqlari, hayvon zotining ta’rifi va o‘simlik navining ta’rifiga Agentlik tomonidan ro‘yxatga olinib patent (guvohnoma) berilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga mualliflik, shuningdek muallif(lar)ning yoki o‘zga huquq egasining shaxsiy va mulkiy huquqlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq himoya qilinadi.

Talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi lozim
  1. O‘zbekiston Respublikasi patentini berish haqida selektsiya yutug‘ining muallifi (lar) va nomiga (lari) patent so‘ralayotgan shaxs(lar), ularning turar joyi yoki joylashgan eriga doir ma’lumotlar, shuningdek selektsiya yutug‘ining nomi to‘g‘risidagi takliflar ko‘rsatilgan arizani (id.gov.uz talab qilinadi);
  2. selektsiya yutug‘ining tavsifini (texnikaviy anketasini);
  3. selektsiya yutug‘i namunalarining fotosuratlarini;
  4. talabnoma beruvchi tomonidan o‘tkazilgan selektsiya yutug‘ining sinovlariga doir hujjatlarni;
  5. talabnoma beruvchining selektsiya yutug‘idan hech kim foydalanilmaganligi, u sotilmaganligi, boshqa birovga berilmaganligi va uning yangilik talablariga mosligini tasdiqlaydigan deklaratsiyasini;
  6. selektsiya yutug‘ining ustuvorligini tasdiqlaydigan hujjatni (zaruratga qarab);
  7. talabnoma beruvchining selektsiya yutug‘ini sinovdan o‘tkazish uchun materialni belgilangan muddatda ixtisoslashtirilgan tashkilotga taqdim etish majburiyatini;
  8. talabnoma ishonchli shaxs yoki patent vakili orqali topshirilgan taqdirda, ularga beriladigan ishonchnomani;
  9. belgilangan miqdordagi patent boji to‘langanligini yoxud patent bojini to‘lashdan ozod qilish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjatni o‘z ichiga olishi kerak.

Davlat boji:
selektsiya yutuqlariga patent berish yuzasidan talabnomalar berish va rasman ekspertiza o‘tkazish uchun - BHMning 1 baravari.

Selektsiya yutug‘iga huquqiy muhofaza berish shartlari:
Selektsiya yutug‘i yangilik, farqlanish, turdoshlik va barqarorlik mezonlariga javob bersa, u huquqiy muhofaza qilinadi.

Rasmiy ekspertiza:
Talabnoma topshirilgan sanadan boshlab 2 (ikki oy) o‘tgandan keyin Agentlik tomonidan o‘tkaziladi.

Patent berish:
Patent berishni selektsiya yutug‘i ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilingan sanadan e’tiboran o‘n ish kuni o‘tgach amalga oshiradi.