Pensiya yoshidagi muhtoj shaxslar, 16 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolalar, 16 yoshdagi va undan katta yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiez tariqasida tibbiy xulosa asosida protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bepul beriladi.
- Respublika bolalar tayanch-harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiyasi markazi bolalarga diagnostika va davolash bo‘yicha tibbiy yordamni bepul ko‘rsatadi. Batafsil ma’lumot uchun quyidagi havolaga o‘ting.
- Vakolatli organ: tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi yoki Tibbiy-maslahat komissiyasi
Xizmat uchun to‘lov: bepul.