Quyidagilar majburiy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishi majbur:
  • qon, biologik suyuqliklar donorlari;
  • 50 yoshgacha bo‘lgan nikohlanuvchi shaxslar;
  • homilador ayollar;
  • inyeksiya orqali giyohvandlik vositalarini iste’mol etishda gumon qilinayotgan shaxslar;
  • OIVni yuqtirib olgan onalardan tug‘ilgan bolalar;
  • o‘z faoliyatida qon, biologik suyuqliklar, odam organlari va to‘qimalari bilan ishlovchi tibbiyot xodimlari;
  • jinsiy shyerigida OIV aniqlangan shaxslar.

Vakolatli organ: OITSga qarshi kurashish markazlari.

Taqdim etiladigan hujjat: pasport yoxud shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat.

Xizmat uchun yig‘im undiriladi.