16 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolalar deganda jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj shaxslar tushuniladi.
TMK tomonidan beriladigan bolalarni nogironligi bo‘lgan shaxs deb topish to‘g‘risida tibbiy xulosa bolalarga ijtimoiy nafaqa tayinlashga asos bo‘ladi.
Vakolatli organ: yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiy-maslahat komissiyasi
Tibbiy xulosa olish uchun bolalarning tibbiy hujjatlari (kasallik tarixidan ko‘chirma, zaruriyat bo‘lgan hollarda rentgen, UTT, EEG, kompьyutyer tomografiyasi, laboratoriya-bioximik sinamalari va o‘tkazilgan boshqa tekshiruvlar) taqdim etiladi.
TMK tibbiy xulosani berishda quyidagilarni e’tiborga olishi lozim:
- bolalarning tibbiy hujjatlaridagi ma’lumotlar (kasallik tarixidan ko‘chirma, ayrim hollarda rentgen, UTT, EEG, kompьyutyer tomografiyasi, laboratoriya-bioximik sinamalari o‘tkazilgan tekshiruvlar);
- nogironlikka sabab bo‘lgan holatlar (tug‘ma, nasldan-naslga o‘tadigan kasalliklar yoki jarohat va surunkali kasalliklar, orttirilgan patologik holatlar natijasida yuzaga kelgan turmush faoliyatining cheklanganligi);
- kasallikning xususiyati, bolalarning yoshi, uning a’zolari funksiyasining buzilish darajasi, kompensator mexanizmlar holati, kasalliklarning kechishi, ijtimoiy moslashuv imkoniyatlari;
- bolalarning tibbiy, ijtimoiy, psixologik, pedagogik, jismoniy, kasbga va mehnatga doir komplekslarini qamrab olgan reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturida belgilanadigan ijtimoiy himoyaga muhtojligi va boshqalar.
Xizmat uchun to‘lov: bepul