20 kVt dan yuqori bo‘lgan elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish

Xizmat tavsifi: Mazkur xizmat orqali iste’molchilarning elektr tarmoqlariga ulanayotgan yangi va rekonstruktsiya qilinayotgan elektr qurilmalariga, shuningdek, ulangan quvvat miqdori ko‘paymasdan elektr ta’minoti sxemasi o‘zgarishiga olib keladigan elektr ta’minoti ishonchliligi toifasi, ulanish nuqtalari, ishlab chiqarish faoliyati turlari o‘zgartirilayotganda ariza berish mumkin.

Tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 31-martdagi 256-son Qarori

Tashkilot: Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari


 

Xizmatdan foydalanish*

* Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.

Elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash va elektr ta’minoti shartnomasini tuzish

Xizmat tavsifi: Elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash va elektr ta’minoti shartnomasini tuzish quvvati 20 kVtdan oshmagan elektr energiyasi iste’molchilari uchun qurilish-montaj ishlari bajarilgandan so‘ng yoki quvvati 20 kVtdan yuqori bo‘lgan elektr energiyasi iste’molchilarining elektr qurilmalarini ishga tushirish uchun ruxsatnoma berilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Xizmat narxi va to‘lash tartibi: Bepul

Tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son «Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida» qarori

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 

  • HETK va Byuro so‘rovnoma tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida joyning o‘ziga chiqib elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalashni amalga oshiradi.
  • Elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash qo‘shma tasdiqlangan jadvallar asosida oldindan belgilangan vaqtda amalga oshiriladi.

Tashkilot: Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari


 

Xizmatdan foydalanish*

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.

Quvvati 20 kVtdan yuqori bo‘lgan elektr energiyasi iste’molchilarining elektr qurilmalarini ishga tushirish uchun bayonnoma olish

Xizmat tavsifi: Ushbu xizmat qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash uchun mas’ul tashkilot tomonidan qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlari bajarilganidan so‘ng elektr qurilmalarini ishga tushirishga ruxsatnomani olish uchun mo‘ljallangan.

Tashkilot: "O‘zdavenergonazorat" DI


 

Xizmatdan foydalanish

20 kVt dan yuqori bo‘lmagan elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish

Xizmat tavsifi: Ushbu xizmat yangi ulanish uchun texnik shartlarni olish, elektr qurilmalarini qayta ta’mirlash, elektr ta’minoti ishonchliligining toifasini o‘zgartirish, ulanish nuqtalari va ishlab chiqarish faoliyat turlarini o‘zgartirishni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizalarni yuborish uchun mo‘ljallangan.

Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 31.03.2018-yildagi №VMQ-256 sonli "Muxandislik-kommunikaktsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida" qarori

Tashkilot: Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari


 

Xizmatdan foydalanish*

* Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.

Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) echish va o‘rnatishga ariza yuborish

Xizmat narxi va to‘lash tartibi: Bepul

Tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat: Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) echish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning vaqtinchalik ma’muriy reglamenti

Xizmatning sohaga tegishliligi: Uy-joy kommunal xo‘jaligi


Xizmatdan foydalanish*

* Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.

Elektr energiyasi hisoblagichini qiyoslashdan o‘tkazish (echish va ulash bilan birga)