Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish

Tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 31-martdagi 256-son Qarori

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi:
Jismoniy va yuridik shaxslar

Tashkilot:
Suv quvurlari va kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlari

Vakolatli organlar:

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi


Xizmatdan foydalanish*

* Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.

Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish

Xizmat tavsifi:
Iste’molchilarni suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:

  • texnik shartlarni ishlab chiqish;
  • suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini ishlab chiqish va kelishish;
  • qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;
  • suvni hisobga olish priborini plombalash;
  • suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani tuzish;
  • suvni etkazib berish va oqova suvlarni qabul qilish.
  • Tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni mobaynida

Tashkilot: Suv quvurlari va kanalizatsiya xo‘jaligi tashkiloti (SQKX)


Xizmatdan foydalanish*

*Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.

Suvni hisobga olish priborini plombalash, suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani tuzish

Xizmat tavsifi:
Suvni hisobga olish priborini plombalash hamda suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani tuzish suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish bo‘yicha qurilish-montaj ishlari bajarilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 31-martdagi 256-son Qarori

Xizmatni ko‘rsatish muddati:
SQKX tashkiloti va Byuro so‘rovnoma tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida joyning o‘ziga chiqib suvni hisobga olish priborini plombalashni amalga oshiradi.
Suvni hisobga olish priborini plombalash qo‘shma tasdiqlangan jadvallar asosida oldindan belgilangan vaqtda amalga oshiriladi.

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi:
Jismoniy va yuridik shaxslar

Tashkilot:
Suv quvurlari va kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlari


Xizmatdan foydalanish*

*Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.

Ichimlik suvi hisoblagichini qiyoslashdan o‘tkazish (echish va ulash bilan birga)

Xizmat tavsifi:
Mazkur xizmat orqali ichimlik suvi hisoblagichini qiyoslashdan o‘tkazish uchun ariza berish imkoni taqdim etiladi.

Xizmat narxi va to‘lash tartibi:
Jismoniy shaxslar uchun: Bazaviy hisoblash miqdorining 18 foizi (Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi).

Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 698-son "Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) echish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida" qarori.

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 15 ish kuni ichida

Xizmat natijasi: Hisobga olish uskunasini qiyoslash va o‘rnatish

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi: Jismoniy va yuridik shaxslar

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi


Xizmatdan foydalanish*

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.

Sovuq suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) echish va o‘rnatishga ariza yuborish

Xizmat narxi va to‘lash tartibi: Bepul

Xizmat reglamenti: Suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) echish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning vaqtinchalik ma’muriy reglamenti

Xizmatning sohaga tegishliligi: Uy-joy kommunal xo‘jaligi


Xizmatdan foydalanish*

* Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.