
Kimlar foydalanishi mumkin?
Yordamni Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilaning 14–30 yoshdagi, 31 yoshga to‘lmagan a’zosi so‘rashi mumkin. U O‘zbekistondagi P-Emis axborot tizimidan foydalanadigan kasbiy ta’lim tashkilotida kunduzgi shaklda yoki HEMIS tizimidan foydalanadigan davlat, nodavlat yoxud O‘zbekiston hududidagi xorijiy oliy ta’lim tashkiloti va uning filialida bakalavriat yoki magistraturaning kunduzgi shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan bo‘lishi kerak.
Ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik, masofaviy, sirtqi va kechki ta’lim, qo‘shma ta’lim dasturi hamda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qiyotganlar ushbu yordamdan foydalana olmaydi.
Qancha qismi to‘lab beriladi?
Kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq 50 BHMdan oshmaydigan qismi qoplab berilishi mumkin. Demak, har bir talabaga kontraktning aynan yarmi yoki 50 BHM to‘lanishi kafolatlanmagan.
Ariza qachon va qanday beriladi?
Belgilangan elektron shaklda ariza davlat xizmatlari markazi, YaIDXP yoki Yoshlar yagona elektron platformasi orqali beriladi. Ushbu yordam uchun murojaatlar iyulь–sentyabrь oylaridan tashqari yil davomida qabul qilinadi. Arizani «mahalla ettiligi» belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi.
Muhim: yordam ajratish haqida qaror qabul qilinsa, mablag‘ talabaning qo‘liga berilmaydi — u ta’lim tashkilotining bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. To‘lov miqdori talaba ijtimoiy shartnoma shartlarini dastlabki oyda qay darajada bajarganiga bog‘liq. Shartnomada o‘quv semestrida o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini kamida 4 baho darajasida saqlash va boshqa majburiyatlar nazarda tutilgan.
Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son qarori, ma’muriy reglamentning 31–33-bandlari.