Ikki xil nafaqani farqlash kerak

Bolaga nogironlik nafaqasi bolaning nogironligi belgilanishiga bog‘liq. Parvarishlash nafaqasi esa qonunchilikda ko‘rsatilgan kasallikka chalingan va o‘zgalar parvarishiga muhtoj deb topilgan bolaning uni parvarishlayotgan qonuniy vakili uchun nazarda tutilgan. Bolada nogironlik borligining o‘zi qonuniy vakilga parvarishlash nafaqasi tayinlanishini anglatmaydi.

Ma’lumot qanday etkaziladi?

Tegishli elektron ma’lumotlar asosida nafaqani tayinlash yoki rad etish haqida qaror qabul qilinadi. Natija va rad etish sababi, agar rad etilgan bo‘lsa, tizimda ko‘rsatilgan telefon raqamiga SMS-xabar orqali etkaziladi. Xabar kelmasa yoki ma’lumotda xato bo‘lsa, holatni «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi orqali aniqlashtirish mumkin.

Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom.