Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvda aliment miqdori, shartlari va to‘lash tartibi ko‘rsatilib, aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs bilan aliment oluvchi o‘rtasida notarial tartibda tuziladi. Agar aliment oluvchi muomalaga layoqatsiz bo‘lsa, kelishuv uning qonuniy vakili bilan tuziladi.

Xizmatni olish uchun zarur bo‘lgan ho‘jjatlar ro‘yxati, nusxalari soni va asl hujjatlarni taqdim etish zarurligi ko‘rsatilgan

  • Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv ijro varaqasi kuchiga ega bo‘ladi.
  • Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvga binoan to‘lanadigan alimentlarning miqdorini taraflar shu kelishuvda belgilaydilar.
  • Voyaga etmagan bolalarga aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvga binoan to‘lanadigan alimentning miqdori aliment sud tartibida undirilganda bolalar olishi mumkin bo‘lgan miqdordan kam bo‘lmasligi kerak.
  • Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv taraflarning o‘zaro roziligi bilan istalgan vaqtda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolida jiddiy o‘zgarishlar yuz berganda hamda aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvni o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risida ular o‘zaro kelisha olmaganda, manfaatdor taraf kelishuvni o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat qilishga haqli.


Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha aliment to‘lash usullari va tartibi shu kelishuv bilan belgilanadi.

Alimentlar

  • Aliment to‘lash haqidagi kelishuvda aliment to‘lashning turli usullarini birga qo‘shib qo‘llash nazarda tutilishi mumkin.
  • Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdorini indeksatsiya qilish shu kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi.
  • Sudning hal qiluv qaroriga asosan pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada undirilayotgan alimentlarni indeksatsiya qilish alimentlar ushlab qolinayotgan joyda qonun hujjatlari bilan belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
  • Indeksatsiya qilish maqsadida alimentning miqdori sud tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining muayyan qismiga mos ravishda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanadi.

Notarial idoralar reestri