Erosti ishlarida, mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan ayollar — ish staji kamida 15 yil bo‘lib, bundan kamida 7 yilu 6 oyi ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda yoshga doir pensiya olish (ayollar uchun - 55 yosh) yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda — erkaklar kamida 5 yil, ayollar kamida 3 yil 9 oy — ishlagan xodimlarga pensiya belgilangan pensiya yoshi shunday ishda band bo‘lingan har bir to‘liq yil uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi.
Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilganda:
- erkaklar — 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lganda;
- ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.