O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.03.2021-yildagi PQ-5020-son qaroriga asosan Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etildi.
Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
- og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan farzandlarini tarbiyalayotgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga uy-joylarning boshlang‘ich badalini to‘lab berish;
- xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lig‘ini saqlash, ayollar sportini rivojlantirish, mehnat va o‘qish sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga ko‘maklashish;
- xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklariga resurs mablag‘larini belgilangan tartibda joylashtirish;
- xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga ko‘maklashish.