Onasiz bolalarni tarbiyalovchi shaxslarga beriladigan kafolatlar va imtiyozlar
- Ayollarga onalik bilan bog‘liq holda beriladigan kafolatlar va imtiyozlar (tungi ishlarga va ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etishni va xizmat safarlariga yuborishni cheklash, shuningdek qo‘shimcha ta’tillar berish, imtiyozli ish rejimlarini o‘rnatish hamda mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan boshqa kafolatlar va imtiyozlar), onasiz bolalarni (ona vafot etgan, onalik huquqlaridan mahrum etilgan, uzoq vaqt davolash muassasalarida bo‘lgan va bolalari to‘g‘risida ona sifatida g‘amxo‘rlik qilmagan boshqa hollarda) tarbiyalayotgan otalarga, shuningdek voyaga etmagan bolalarning vasiylariga (homiylariga) ham tatbiq etiladi.
- Ushbu ko‘rsatilgan kafolatlar va imtiyozlar, shuningdek ota-ona g‘amxo‘rligidan mahrum bo‘lgan bolalarni amalda tarbiya qilayotgan buviga, buvaga yoki boshqa qarindoshlarga ham beriladi.