- Ish yuritishni to‘xtatib turish muddatlari
Ish yuritish to‘xtatib turilgan taqdirda, Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan yoxud sud tomonidan tayinlangan muddatlarning o‘tishi to‘xtatib turiladi.
Ish yuritish tiklanguniga qadar sud biror-bir protsessual harakatni amalga oshirishga haqli emas, bundan dastlabki himoya choralarini ko‘rishga va dalillarni ta’minlashga qaratilgan harakatlar mustasno.
Ish yuritishni to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ish yuritish tiklanadi.
Ish yuritishni to‘xtatib turish, uni tiklash to‘g‘risida yoki uni tiklashni rad etish haqida sud ajrim chiqaradi.
Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi, ish yuritishni tiklashni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.