O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi - davlat tashqi auditi va moliyaviy nazoratining oliy organidir.

Hisob palatasining asosiy vazifalari:
  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti loyihasi shakllantirilishining va uning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvorliklariga muvofiqligining tizimli tahlilini amalga oshirish;
  • qabul qilinayotgan davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligi auditini amalga oshirish;
  • byudjet tizimi byudjetlariga va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarga mablag‘lar tushumlarining to‘liqligini o‘rganish hamda nazorat qilish;
  • byudjet tizimi byudjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning daromadlarini ko‘paytirish zaxiralarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali aniqlash hamda safarbar qilish;
  • byudjet tizimi byudjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligi hamda qonuniyligini auditdan o‘tkazish, bu xarajatlarni barcha darajalarda qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash;
  • byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari va davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining maqsadga muvofiqligi hamda asosliligini baholash va boshqalar.

  • Hisob palatasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan Hisob palatasining raisi rahbarlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Hisob palatasi raisini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi farmonlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tasdiqlanadi.
  • Hisob palatasi raisining vakolatlari

Hisob palatasining mansabdor shaxslari xizmat majburiyatlarini bajarishda quyidagi huquqlarga ega.

Hisob palatasining vakolatlari
  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa davlat organlaridan hamda o‘zga tashkilotlardan o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha materiallar, ma’lumotlar va tushuntirishlarni so‘rab oladi;
  • o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun real vaqt rejimida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shu jumladan banklarning ma’lumotlar bazasidan foydalanadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan davlat mablag‘larining bank hisobvaraqlaridagi hamda yagona g‘azna hisobvarag‘idagi harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rab oladi;
  • davlat organlarini va ularning vakillarini, nodavlat auditorlik xizmatlarini va ayrim mutaxassislarni nazorat o‘tkazish uchun o‘z vakolatlari doirasida jalb etadi va boshqalar.

  • Hisob palatasi o‘z faoliyatini Hisob palatasi vakolatlariga kiruvchi masalalar ustidan ta’sirchan tizimli nazoratni ta’minlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda shakllantiriladigan nazorat ishlarining yillik dasturi asosida tashkil etadi. Nazorat ishlarining yillik dasturi Hisob palatasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi strukturasi