Daraxtlarni kesish uchun tegishli tartibda ruxsat olinishi lozim. 

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-yanvardagi 43-son qaroriga asosan mahallalar hududlari hamda ko‘p qavatli uylar oralig‘i va atrofi, shu jumladan, ko‘chalar va boshqa aholi punktlarida - fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari, shuningdek, fuqarolarning murojaatiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari, ya’ni tuman ekologiya bo‘limlaridan ruxsat olinishi lozim. 

Tegishli tartibda ruxsatnoma olmaslik ma’muriy  javobgarlikka sabab bo‘ladi.