2021/2022 o‘quv yilidan boshlab pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi oliy ta’lim muassasalarida “5520100 – Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun sirtqi ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi.
Sirtqi ta’lim shakli doirasida:
- o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida tashkil etiladi:
- kadrlar tayyorlash bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlarini ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Milliy universiteti tayanch OTM hisoblanadi;
- Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega bo‘lgan hamda kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari talabalikka tavsiya etiladi;
- tasviyanoma asosida o‘qiyotgan talabalar o‘qishini boshqa bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.
Mahalla xodimlariga tavsiyanomalar berish Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.