O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot dunyosi ob’ektlarining ayrim turlarini ovlash uchun O‘zbekiston Respublikasiga keladigan xorijiy fuqarolarga foydalanish huquqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida beriladi.
- Xorijiy fuqarolarning ov qilishi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi nazorati ostida amalga oshiriladi.
- Hayvonot dunyosidan foydalanish uchun to‘lovlar bilan havolada tanishing.
Ovlash vaqtida yaralangan hayvonlar ovlangan hayvonlarga tenglashtiriladi.
Ovlangan hayvonlarni, ularning qismlarini, o‘ljalarini va shu kabilarni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketishga ruxsatnoma hayvonot dunyosidan foydalanishga ruxsatnoma hamda tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha vakolatli davlat inspektori va ovchi tomonidan imzolangan ovlangan hayvonlar to‘g‘risidagi dalolatnoma asosida beriladi.