Yovvoyi hayvonlardan foydalanish huquqi barcha toifalardagi er va suv ob’ektlariga egalik qilish, ularni tasarruf etish va ulardan foydalanish huquqidan ajratilgan.
Quyidagilar hayvonot dunyosi ob’ektlari hisoblanadi:
- kelib chiqishi hayvonlarga mansub bo‘lgan organizmlar (hayvonlar) — sut emizuvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchi hayvonlar, ham quruqlikda, ham suvda yashovchi hayvonlar, baliqlar, umurtqasizlar va ularning populyatsiyalari;
- yovvoyi hayvonlardan tashkil topadigan tabiiy hayvon galalari yoki ularning har qanday to‘dalari;
- yovvoyi hayvonlarning kamyob yoki yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlari;
- yovvoyi hayvonlar hayot faoliyati mahsulotlari (hayvonlarning yashash jarayonida hosil bo‘ladigan — zaharlar, asal, sut, mo‘miyo, uvildiriq, safro va boshqalar).
Tabiiy erkinlik holatida yashovchi barcha yovvoyi hayvonlar, shuningdek tabiiy yashash muhitiga qo‘yib yuborilgan hayvonlar davlat mulki hisoblanadi.
Hayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanish turlari:
- ov qilish;
- baliq ovlash;
- hayvonot dunyosidan ilmiy, tibbiy, madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy va estetik maqsadlarda foydalanish;
- hayvonlar faoliyatining foydali xususiyatlaridan foydalanish;
- hayvonlardan ularning faoliyati mahsulotlarini olish maqsadida foydalanish;
- ko‘paytirish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, namoyish qilish hamda tijorat maqsadlarida tutqunlikda saqlash (pitomniklarda, hayvonot bog‘larida va hokazo);
- zoologiya kollektsiyalari tashkil etish va ulardan foydalanish;
- yovvoyi hayvonlar sonini tartibga solish, ularni iqlimlashtirish va qayta iqlimlashtirish;
- tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya, o‘latga qarshi va veterinariya maqsadlarida foydalanish.
Qonun hujjatlarida hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlari va usullari ham nazarda tutilishi mumkin.
- Hayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanish umumiy va maxsus bo‘lishi mumkin.
- Yovvoyi hayvon turlarini tabiiy muhitdan ajratib olishga ruxsatnoma tartibi bilan havolada tanishing.