Daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma olish uchun czrovnoma bilan Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanadi.

Tabiiy omillar yoki o‘simliklar zararkunandalari, kasalliklari ta’sirida shikastlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan, shuningdek, odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf solayotgan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma to‘lovni amalga oshirmasdan beriladi.

Yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki bo‘lgan va ular tomonidan yog‘och-taxta va hosil olish uchun ekilgan daraxtlar va butalarni (terak va boshqa tez o‘suvchi navlar, tut plantatsiyalari, mevali daraxtlar va butalar) kesishga ruxsatnoma talab etilmaydi.

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ruxsatnoma olmasdan kesish taqiqlanadi.

Ruxsatnoma berish jarayonini amalga oshirishda:
  • hududiy ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari o‘z xulosalarini tumanlar (shaharlar) hokimliklariga yuboradi;
  • tumanlar (shaharlar) hokimliklari Davlat ekologiya qo‘mitasi organlarining xulosalariga asosan ruxsatnomalar beradi.

 

Davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun BHMning 30 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

  • Ruxsatnomani berish sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.

Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish - jarimaga sabab bo‘ladi.