Javob: Yangi uy-joy qurishga ipoteka krediti olish uchun quriladigan uy-joy qiymatining boshlang‘ich to‘lovi faqatgina pul ko‘rinishida emas, balki qurilayotgan uy-joy smeta qiymatining 25 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda ariza beruvchi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga sotib olingan qurilish materiallari tarzida ham bo‘lishi mumkin.
Javob: «Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida AT Xalq banki, «Mikrokreditbank» ATB va «Agrobank» ATB tomonidan jismoniy shaxslarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha miqdorda mikrokreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratiladi.
Buning uchun bankka ariza; pasport nusxasi; jismoniy shaxslarga kredit qaytarilishining ta’minoti sifatida hududiy sektorlar rahbarlari va mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun beriladigan kreditlash bo‘yicha tavsiyanoma taqdim etilishi lozim.
Javob: Aholi daromadlari (ish haqi va ijtimoiy to‘lovlar) plastik kartochkalarga fuqarolarning yozma arizasi (roziligi) asosida o‘tkaziladi.
Bunda xizmat ko‘rsatuvchi bank xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomasi va unga ilova qilingan reestr hamda uning elektron ko‘rinishi (familiya va summalar bo‘yicha) asosida mablag‘larni plastik kartochkalarga kirim qiladi.
Shu bilan birga, Mehnat kodeksining 153-moddasiga asosan mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.
Demak, naqd pul olishdagi muammoni asos qilgan holda, xodimlarga ish haqining 100 foizini plastik kartochkaga o‘tkazishga rozilik berish to‘g‘risida ariza yozishga og‘zaki buyruq berish noqonuniydir.
Javob: Bank kassasidan berilgan naqd pulni olgan shaxs kassadan uzoqlashmagan holda olingan pul summasini bank kassirining kuzatuvi ostida birma-bir qayta sanash orqali qabul qilib olishi shart.
Agar mijoz alohida ajratilgan xonada yoki maxsus ajratilgan joyda bank kassiri, nazoratchisi kuzatuvi ostida naqd pullarni qayta sanab olmagan bo‘lsa, shuningdek mijoz naqd pullarni bank kassasidan qabul qilib olganidan so‘ng, chiqim kassasidan uzoqlashgan bo‘lsa, mijozning olingan pullar orasidan kamomad chiqqanligi to‘g‘risidagi e’tirozi qanoatlantirilmaydi.
Bu haqidagi ogohlantiruvchi yozuvlar bank chiqim kassasining oldidagi, mijozlarga ko‘rinarli joyga doimo osilgan bo‘lishi shart.
Javob: Farzand (bola) tarbiyalab voyaga etkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol) ham yoshlar uylaridan ipoteka krediti asosida kvartiralarni sotib olish uchun hisobga qo‘yish to‘g‘risida Yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashiga murojaat qilish huquqiga egadir.