Javob: Ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlarini moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida yoshlar masalalari bo‘yicha tegishli hududiy idoralararo kengashlari tomonidan ularni:
- zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash;
- asosiy turdagi o‘quv qurollari bilan ta’minlash;
- badiiy kitoblar bilan ta’minlash;
- bolalar gazeta va jurnallariga obuna qilish;
- respublika oromgohlarida dam olishini tashkil etish;
- respublika bo‘ylab sayohatga borish va kelish xarajatlarini qoplash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Javob: Tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari bo‘yicha: chin etimlarga, «Mehribonlik uylari»da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga – nolь foiz stavkasi (foizsiz kredit); talabalarning qolgan toifalariga – 2020-yil 1 yanvardan boshlab foiz xarajatlarining bir qismini «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilish mexanizmidan foydalanish imkoniyati bilan bozor stavkalari belgilanadi. Kam ta’minlangan oilalardan bfo‘lgan talabalar uchun kredit bo‘yicha qo‘shilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan to‘lanadi.
Javob: O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish (o‘zining, yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lovga yo‘naltiriladigan soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.
Demak, M. ismli shaxsning oliy o‘quv yurtida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan turmush o‘rtog‘i 28 yoshda bo‘lganligi sababli, kontrakt pulini to‘lashga yo‘naltirilgan ish haqi bo‘yicha soliq to‘g‘ri hisoblangan.
Javob: Ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida, ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilar qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar, stipendiyalar va vaqtincha yashash joylari bilan ta’minlanadi.
Kunduzgi ta’lim shaklidagi ta’lim tashkilotida ta’lim oluvchilarga, shuningdek sirtqi ta’lim shaklida yakuniy va oraliq attestatsiya davrida vaqtincha yashash joylari, ular mavjud bo‘lgan taqdirda beriladi.
Vaqtincha yashash joylari ta’lim oluvchilarga ta’lim tashkiloti tomonidan belgilangan tartibga muvofiq beriladi.
Demak, vaqtincha yashash joyi mavjud bo‘lgan taqdirdagina, oliy ta’lim muassasasi talabani vaqtincha turar joy bilan ta’minlash majburiyatiga ega.
Javob: Oliy ta’lim muassasalarini davlat grantlari asosida bakalavriatni tamomlagan bitiruvchilar magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan taqdirda, kamida uch yil ishlab berish majburiyati magistraturani yakunlagandan so‘ng amalga oshiriladi.