Javob: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasi 2-qismiga muvofiq, davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan turli ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish ana shu qurilmalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 3 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Javob: Bunday transport vositalariga, ularning to‘siqsiz o‘tib ketishi uchun yo‘l bergan transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar foto- va videoqayd etishning maxsus avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, haydovchilarning ma’muriy huquqbuzarligi oxirgi zarurat holatlarda sodir etilgan deb topiladi va ma’muriy ish MJtKning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi.
Shu sababli, X. ismli shaxs o‘ziga nisbatan chiqarilgan qaror ustidan o‘n kunlik muddat ichida Yo‘l harakati xizmatining vakolatli mansabdor shaxsiga yoki tuman (shahar) ma’muriy sudiga shikoyat berishi lozim.
Javob: Ishlab chiqarilganligiga 5 yildan ko‘p bo‘lmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (tijorat asosida yo‘lovchi va yuk tashishga mo‘ljallangan transport vositalaridan tashqari) – 2 yilda bir marta texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim.
Ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq bo‘lgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (tijorat asosida yo‘lovchi va yuk tashishga mo‘ljallangan transport vositalaridan tashqari) – 1 yilda bir marta texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Javob: 2020-yil 29-sentabrь kunidan boshlab ichki ishlar organlari tomonidan transport vositalarini ushlab turish asoslariga o‘zgartish kiritilgan bo‘lib, endilikda transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi mavjud emasligi transport vositasini ushlab turishga asos bo‘lmaydi.
Demak, 2020-yil 10-noyabr kuni IIB DYHXX xodimi tomonidan ushbu sug‘urta polisi mavjud emasligi asos qilingan holda avtomashinaning jarima maydonchasiga joylashtirilishi qonunga ziddir.
Javob: Yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan yo‘nalishsiz taksilarni boshqarishga haydovchilik guvohnomasida «V» ruxsat belgisi bo‘lgan, 21 yoshga to‘lgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va kamida uch yillik haydovchi stajiga ega bo‘lgan shaxslar qo‘yiladi.
Demak, M. ismli shaxs hozir 21 yoshga to‘lmagani va haydovchilik staji uch yilga etmagani uchun yo‘nalishsiz taksini boshqarish faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin emas.