Sudьyalar huquqlari
- mansabdor shaxslar va fuqarolardan odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z farmoyishlarining bajarilishini talab qilish;
- mansabdor va boshqa shaxslardan odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborot olish;
- uyushmalarga birlashish huquqiga ega.
- Sudьyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar sudьyalarning odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan talab va farmoyishlarini so‘zsiz bajarishlari shart. Odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborot, hujjatlar va ularning nusxalari sudьyalarning talabiga muvofiq bepul beriladi. Sudьyalarning talablari va farmoyishlarini bajarmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Sudьyalarning majburiyatlari
- Sudьyalar o‘z vakolatlari doirasida ishlarni ko‘rish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va boshqa qonunlariga so‘zsiz rioya etishi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulki, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashi, beg‘araz va adolatli bo‘lishi shart.
- Sudьyalar sudьyalik sha’nini sudьyalar odob-axloqi qoidalarini qat’iy saqlashlari, odil sudlovning obro‘sini, sudьyalik qadr-qimmatini tushirishi yoki sudьyaning xolisligiga shubha tug‘dirishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan o‘zlarini tiyishlari shart.
- Sudьyalar sudьyalarning maslahat sirini hamda yopiq sud majlislari o‘tkazish chog‘ida olingan ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas.
- Sudьyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emas.
- Sudьyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa biron-bir turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Sudьyalarning intizomiy javobgarligi
- odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzganligi uchun;
- sud ishini tashkil etishda beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun, shuningdek sudьyalik sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda sudning obro‘sini tushiradigan qilmish sodir etganlik uchun;
- sudьyalar odob-axloqi qoidalarini buzganligi uchun faqat sudьyalar malaka hay’atining qaroriga ko‘ra intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Sud qarorining bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishining o‘zi, sud qarorini chiqarishda qatnashgan sudьyaning, agar u ataylab qonun buzilishiga yoki jiddiy oqibatlarga olib kelgan vijdonsizlikka yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, javobgar bo‘lishiga sabab bo‘lmaydi.
Sudьyalarni intizomiy javobgarlikka tortish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.