2019-yil 1 oktyabrdan — transport vositasini yaqin qarindoshlar o‘rtasida majburiy tartibda notarial ishonchnomalarni rasmiylashtirmasdan boshqarishiga ruxsat berildi.
Transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari transport egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Qarindoshlik darajasi transport vositasi egasining talabiga binoan ko‘rsatilishi mumkin.